Namangan viloyatida 4 nafar, Samarqand viloyatida esa 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor 3 iyun kuni sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, Namangan viloyatida jami kasallik qayd etilganlar 260 nafar bo‘lib, endilikda ularning 251 nafari tuzaldi. Davolanayotganlar esa 5 nafarni tashkil etib, ushbu viloyat koronavirusdan xoli hudud bo‘lishga ancha yaqin turibdi.
Samarqand viloyatida esa jami kasallik aniqlanganlar 363 nafar bo‘lib, endilikda ularning 299 nafari sog‘aydi. Ayni paytda davolanayotganlar 62 nafarni tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 2 908 nafarga yetgani xabar berilgan edi. Endi esa ular soni 2 919 nafarga yetdi.
Kasallanganlarning umumiy soni esa, 3 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 3 769 kishini tashkil qilmoqda, bemorlarning 15 nafari koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin