08:28 / 13.06.2020
2 428

Cho‘ldagi mo‘’jiza: Mo‘ynoq yoshlarining gullab-yashnayotgan issiqxonasi barchani hayratga solmoqda

Cho‘ldagi mo‘’jiza: Mo‘ynoq yoshlarining gullab-yashnayotgan issiqxonasi barchani hayratga solmoqda
Mo‘ynoqlik yoshlar og‘ir cho‘l sharoitida issiqxonada muvaffaqiyatli ravishda mahsulot yetishtirib daromad olmoqda, deb xabar qildi Sputnik nashri.

Besh oy ichida Qipchoqdaryo ovulida qurilgan 1 gektardan ziyod issiqxonada bugun yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ovozasi esa butun Orolbo‘yi bo‘ylab taralmoqda. So‘nggi20 kun ichida 36 tonna bodring uzib, sotishga erilganini - ajoyib natija desa ham bo‘ladi. Hademay ular pomidor sotishni boshlashadi. Bir bo‘lak maydonda havasga ekilgan bulg‘or qalampiri-yu baqlajon ham unib, hosil berdi.
Ushbu cho‘l ajoyibotini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishni istagan yoshlar bugun bu yerga tomoshaga kelishmoqda.

Boshida ko‘pchilik ishonmagan edi. Axir Mo‘ynoqning yozda olov purkaydigan jaziramasi-yu qishda badan-badaningni sirqiratadigan izg‘irinida, kamiga badar ketgan Oroldan meros sho‘rxok tuprog‘ida zamonaviy issiqxona barpo qilib, hosil olish mumkinmi?

Ammo bugungi islohotlar amaliy ishlarga, hayotiy natijalarga asoslangani bois ham mo‘ynoqlik yoshlar sahroda ishlab, daromad topishni uddalashdi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘istondagi Xalq qabulxonalari, sektorlar rahbarlari ko‘zi yonib turgan bu yigit-qizlarning ezgu orzulariga kamarbasta bo‘lmoqda.

Yana bir ibratli jihat – Mo‘ynoq yoshlari o‘z qo‘llari bilan yetishtirgan sabzavot mahsulotlari bilan “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakatiga ham hissa qo‘shishga ulgurishdi. Kuni kecha Mo‘ynoqning Tallio‘zak, Do‘stlik, Madeli, Qozoqdaryo, Uchsoy kabi 11 ta ovulidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 200 dan ortiq oilaga yetkazib berilgan navbatdagi ezgulik karvonida 13 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qatoriga Qipchoqdaryo ovulidagi issiqxonadan yangi uzilgan sabzavotlar ham qo‘shildi.

Erta-indin Qipchoqdaryo ovulidagi 10 ta yosh oilaning hovlisida yoki hovli etagidagi bo‘sh maydonlarda har biri 10 sotixli 10 ta zamonaviy issiqxona qurilishi uchun grant mablag‘i ajratiladigan bo‘ldi. Ilk hisob-kitoblarga ko‘ra, 10 sotixli issiqxonadan oyiga kamida 8-10 million so‘m daromad topish mumkin...




arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cho‘ldagi mo‘’jiza: Mo‘ynoq yoshlarining gullab-yashnayotgan issiqxonasi barchani hayratga solmoqda