10:00 / 23.06.2020
1 943

Soliq nizolari qanday hal etilmoqda?

Soliq nizolari qanday hal etilmoqda?
Soliq to‘lovchi va soliq organlari o‘rtasidagi munosabatlarning shaffofligi va ochiqligi ayrim nizolarning oldini olish barobarida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga ham xizmat qiladi. Shu maqsadda davlat soliq xizmati organlarida soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘limlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, soliq to‘lovchilarining qonuniy talablarini qayta ko‘rib chiqish, ularning huquqlarini tiklashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilgani davlat soliq Davlat soliq xizmati organlarini soliq to‘lovchilarning biznes-hamkori va maslahatchisi sifatida xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan idoraga aylantirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Jumladan Toshkent viloyatining Nurafshon shahridan ro‘yxatdan o‘tgan “NURAFSHON SHAXAR DEXQON BOZORI” mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi korxonada davlat soliq organlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan xujjatli tekshiruv o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tekshiruvda natijasida aniqlangan 623,2 million so‘m kamomad summasiga nisbatan, Soliq kodeksining 114-moddasiga asosan 20 foiz miqdorida 124,6 million so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan. O‘z navbatida soliq organlarining ushbu qaroridan norozi bo‘lgan korxona vakillari yuqori turuvchi davlat soliq xizmatiga murojaat yo‘llagan.

Murojaat Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasining “Soliq nizolarini sudgacha hal qilish” bo‘limi hamda ishchi guruhi tomonidan xolislik va shaffoflik tamoyillari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada davlat soliq organlari tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan xujjatli tekshiruv yuzasidan qo‘shimcha xisoblangan 124,6 million so‘m moliyaviy jarima noto‘g‘ri hisoblanganligi aniqlandi.

Mazkur nizoni ko‘rib chiqish jarayoniga xolisona yondashuv natijasida jamiyatga qo‘shimcha xisoblangan 124,6 million so‘m moliyaviy jarima noto‘g‘ri xisoblangan deb topildi va jamyatga muqaddam “Soliqqa oid xuquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risi”dagi Qaroriga o‘zgartirish kiritish maqsadga muvofiq deb topildi hamda o‘zgartirish kiritilishi ta’minlandi.

Ta’kidlash kerakki, davlatimiz rahbarining 2018 yil 26 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlat soliq xizmati organlarida soliq nizolarini sudgacha hal qilish bo‘yicha yangi tuzilma tashkil etildi.

Endilikda soliq to‘lovchi o‘z huquqlari va qonuniy manfatlari poymol etilganda davlat soliq xizmatining yuqori turuvchi organiga shikoyat tarzidagi murojaatni yozma yoki elektron shaklda yo‘llashi mumkin.

Shikoyat 15 kundan 30 kungacha bo‘lgan davrda o‘liq tekshirib chiqiladi va natijasi bo‘yicha soliq to‘lovchiga javob yo‘llanadi.

Shikoyatni ko‘rib chiqish jarayonida murojaat qilgan shaxsning ishtiroki talab etilmaydi hamda hech qanday moliyaviy sarf-xarajat so‘ralmaydi. Bu esa soliq to‘lovchining vaqti va puli tejalishiga xizmat qiladi.

Toshkent viloyati davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq nizolari qanday hal etilmoqda?