Prezident Namangandagi istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot qildi

1 daqiqa o'qish2.6K
Prezident Namangandagi istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot qildi
Namangan shahridagi «Afsonalar vodiysi» madaniyat va istirohat bog‘i hududi 155 gektar. Mazkur dam olish maskanida 123 million dollarga teng loyiha amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ushbu istirohat bog‘ida bajarilgan ishlar bilan tanishdi, dam oluvchilar bilan muloqot qildi.
Prezident Namangandagi istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot qildi
Davlat rahbari 2018 yil may oyida viloyatga tashrifi chog‘ida «Afsonalar vodiysi» madaniyat va istirohat bog‘i loyihasi bilan tanishgan va uni eng zamonaviy talablar asosida barpo etish zarurligini ta’kidlagandi. O‘tgan yilgi tashrifi doirasida qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib, uni tez va sifatli amalga oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar bergan edi.
Prezident Namangandagi istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot qildi
Shu davr mobaynida bu yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Hozirda qisman ishga tushirilgan madaniyat va istirohat bog‘i to‘liq foydalanishga topshirilsa yiliga 600 ming nafar aholiga xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.
Prezident Namangandagi istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot qildi
Ayni paytda 16 turdagi attraksionli tematik park, 2400 o‘rinli amfiteatr, 7 xil suv attraksionlari va 16 ta basseynli akvapark, 2 ta zamonaviy sharshara va musiqali favvora, 3 ta restoran, 1800 o‘rinli 2 ta avtoturargoh tashkil etilgan. 2022 yil mart oyiga qadar milliy hunarmandlar markazi, masjid, 400 o‘rinli mehmonxona, 110 ta villani ishga tushirish rejalashtirilgan.
Prezident Namangandagi istirohat bog‘ida dam oluvchilar bilan muloqot qildi
1 ming 500ta ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan bu maskanda bugungi kunda 600 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda.

- Ikki yil oldin mana shu bog‘ loyihasi bilan tanishib, unga «Afsonalar vodiysi» deb nom berishni taklif qilgandim. Nomiga munosib bo‘libdi. Mamlakatimizda bu kabi zamonaviy dam olish maskanlarini hali ko‘plab barpo etamiz, - dedi davlat rahbari.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?