Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 84 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 5 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 10020 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 16 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 27 nafari Toshkent shahrida (shundan 5 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 22 nafari aholi orasida), 22 nafari Toshkent viloyatida (shundan 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) 19 nafari Samarqand viloyatida (shundan 3 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 16 nafari aholi orasida) aniqlangan», deyiladi xabarda.
Bugun jami 312ta yangi holat qayd etildi.
Shuningdek, Toshkentdagi shifoxonalarda jami 159 nafar bemor tuzalib, O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan tuzalib chiqqanlar soni 6584 nafarga yetdi. 3 bemor olamdan o‘tib, jami o‘lim holatlari soni 34tani tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3402 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 25 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi