09:55 / 11.07.2020
4 427

Cho‘chchaygan lablar siri

Cho‘chchaygan lablar siri
Ayni paytda botoks butun dunyoda bo‘lgani kabi o‘zbek jamiyatiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Unga ta’rif beradigan bo‘lsak, botoks ayollarni tabiiylikdan uzoqlashtirgan, cho‘chchaygan lablaru bo‘rtib chiqqan sun’iy yuzli «qo‘g‘irchoqlar»ning tarqalishiga sabab bo‘lgan illatdir.

Avvalo botoksning kelib chiqishi va uning moddasi bilan tanishaylik. 16 – 18-asrlarda Amerika hindulari botulinum moddasini o‘qlarning uchiga surtib ov qilishda foydalanishgan ekan. Keyinchalik bu moddani davolash maqsadida ishlatish mumkinligi ma’lum bo‘lgan. Olimlar bu modda mushaklarni falajlashini aniqlashgan.

1980-yillarga kelib botulinum moddasidan kosmetik maqsadda foydalanish mumkinligi ixtiro qilinadi. 2002 yilda AQSHdagi “Allergan” firmasi botulinum moddasini ko‘z atrofi va ikki qosh orasidagi ajinlarni yo‘qotishda ishlatish borasida tegishli tashkilotlardan ruxsat oladi. Ushbu moddadan tayyorlangan preparatlar 70 ta mamlakatda bir necha yillardan buyon estetik va kosmetik jarrohlikda qo‘llanmoqda.

Botoksning salbiy oqibatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, in’eksiya tanaga kiritilganda dastlab og‘riq, shish, ko‘karish, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, isitma ko‘tarilishi kuzatiladi. Bir necha marta botoks qilinganda esa miyada salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘lib, bu yurak faoliyati buzilishiga olib keladi. Bora-bora botulinum moddasi inson tanasiga jiddiy zarar yetkaza boshlaydi.

Xususan, botoks qildirgan odamlarning nutqida o‘zgarish­lar sodir bo‘ladi. Shu bilan birga, bu modda tanaga kirgandan keyin vaqt o‘tishi bilan odam yutinishga ham qiynala bosh­laydi. Hatto nafas olishda ham jiddiy nuqsonlar paydo bo‘lib, ko‘rish qobiliyati pasayadi. Mushaklar zararlanishi oqibatida inson peshob tuta olmay qoladi.

Yurtimiz ayollari, opa-singillarimiz botoksning zararidan ogoh bo‘lishlari hamda undan o‘zlarini saqlashlari kerak.

Javohir HAYITBOYEV tarjimasi

Manba: Huquq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Cho‘chchaygan lablar siri