2 367
A.Qodirov: Jarqo‘rg‘ondagi voqea odatlarni o‘zgarayotganligidan dalolat. Muvozanat tiklanmoqda
Mamlakatimizda Konstitutsiyaga asosan hokimiyat bo‘lingan va bir birini muvozanatda ushlab turadi. Prezident davlat boshlig‘i sifatida bu muvozanatni boshqaradi.
Nega O‘zbekistondagi islohotlar deputatlar (qonun chiqaruvchi hokimiyat) va qozilar (sud hokimiyati) hokimiyatini isloh qilishdan boshlandi?
Chunki o‘zini o‘zi obro‘sizlantirgan parlament va sudning samarali ishlashi uchun qaddini tiklash zarur edi.
Xalq ko‘zida Parlament «qo‘l ko‘tarib tushirib turadigan», sud hokimiyati esa «pul bersang xohlagan hukmingni chiqarib beradigan» mexanizmga aylanib qolgan edi.
To‘g‘ri, oxirgi 5 yilda har ikkala hokimiyat tubdan o‘zgardi va o‘zgarishda davom etmoqda.
Bugun hukumatdan hisob so‘raydigan, qonun loyihalarini rad etadigan deputat va hech kimdan qo‘rqmasdan adolatli qarorni qabul qila oladigan sudyalar paydo bo‘ldi.
Albatta, hammasi desak bo‘lmaydi, lekin jarayon boshlandi... Xalqning xotirasi 5-10 yilda emas, 40-50 yilda yangilanishini hisobga olsak hurmat va dastakka hali vaqt bor...
Ijro hokimiyati-chi? Xalqimiz yaxshilik qilganga qirq yil qulluq qiladi. Ijro hokimiyati kerak paytda, kerak joyda yo‘lni tekislaydi, arzon narxda un tarqatadi, gaz bosimini ko‘tarib beradi... xullas, xalqning «og‘zini moylaydi». Odamlar deputat va qozilardan nima yaxshilik ko‘ribdiki, ularni himoya qilsa... Imkoniyati darajasida yaxshilik qilgan deputatni ikkita odam maqtasa qolgan ikki mingta odam yomonlayveradi. Qozilarda esa yana ham yomonroq holat – har qanday adolatli hukmning ikkinchi tomoni «adolatsiz» bo‘laveradi. Buyog‘i o‘zbekchilik...
Deputat va qozining ishi gap, qog‘oz, hokimiyatniki esa xalqning qozoniga tushadi. Bugun odamlarga huquq va majburiyat, kelajakda holimiz nima bo‘ladidan gapirma, qozondan gapir...
Yuqorida aytib o‘tilganidek qilinayotgan ishlar natijasida hokimiyatlar orasidagi muvozanat tartibga tushyapti... deputatlar vazirlarni tanqid qilyapti, qozilar hukmlarni hokimlardan olmay qo‘yishdi... qo‘rqmay vakolatlarida bor bo‘lganini qilishmoqda. Bu shunday bo‘lishi kerak bo‘lsa-da odatdagidek emas. Odatlar osongina o‘zgarmaydi, albatta qarshiliklar bo‘ladi.
Aybdorlar jazolanadi, haqiqat tiklanadi, shubham yo‘q.
Jarqo‘rg‘ondagi voqea odatlarni o‘zgarayotganligidan dalolat. Muvozanat tiklanmoqda.
Alisher QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari,
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi