Shahar hokimligi xabariga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda:
- 40 dona SO‘V qilish apparatlari;
- 120 dona bolalar uchun va 80 dona kattalar uchun SIPAP-apparatlari;
- 70 mingta kombinezon;
- 70 mingta niqob;
- 20 mingta baxila;
- 5 mingta qalpoq;
- 3 mingta ko‘zoynak;
- 150 mingta qo‘lqop xarid qilingan.
Shuningdek, 50 dona «Damas» rusumli avtomobillar xarid qilingan bo‘lib, ulardan 25tasi tez tibbiy yordam xizmatiga, 23tasi tumanlar SEOMlariga, 2tasi ruhiy kasalliklar shifoxonalariga taqsimlanadi.
Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev 15 iyul kuni koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi holatga bag‘ishlab o‘tkazgan videoselektorda poytaxtdagi vaziyatni sharmandalik deb baholagan edi.
Yig‘ilishda ma’lum qilingandiki, Toshkent shahrida uch kun ichida tez tibbiy yordam xizmati o‘z vaqtida yetib bormagani uchun turli kasallik bilan murojaat qilgan 43 kishi bevaqt vafot etgan.
Selektordagi topshiriqlardan kelib chiqib, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev endilikda tez yordam uzog‘i 15 daqiqada yetib borishini, «103»ga qo‘ng‘iroq qilganda uzoq vaqt band bo‘lish holatlariga mutlaqo chek qo‘yilishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?