Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Feruza Hamroboyeva ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan qora sedanani ichgan inson koronavirusdan butkul qutilar ekan, qabilidagi fikrlarga izoh berdi.
- "Qora sedana xalq tabobati vakili bo‘lib, turfa xil foydali xislatlari bor. Oshqozon-ichak tizimi, zarda qaynaganda, safroni to‘g‘ri yo‘naltirish, dimlanib turib qolmasligining oldini olishda, ich qotishida yaxshi yordam beradi. O‘pka kasalliklarida ham balg‘amning ko‘chishiga yaxshi yordam beradi. Lekin bu bilan biz hamma dorilarni chetga surib qo‘yib faqat qora sedana bilan davolanish kerak, degan fikrdan yiroqmiz. Qora sedana va xalq tabobatining boshqa vakillarini tibbiyot xodimlari tavsiya etgan dori-darmonlar bilan bir qatorda yoki ularni qabul qilishni tugatgandan so‘ng jarayonni mukammallashtirib berish uchun qabul qilish mumkin", - Feruza Hamroboyeva.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq koronavirusga qarshi kurash shtabi 4 kun tomoqni tuz va sirka bilan chayish haqidagi xabarni rad etgan bo‘lsa, Nurmat Otabekov Xitoydan O‘zbekistonga yuborilgan testlarda virus yo‘qligini bildirgan, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi piyoz koronavirusni o‘ldirishi haqidagi xabarlarni safsata deb atagan, «doka niqob spirt bilan namlab taqib yurilsa, koronavirus yuqmaydi» mazmunidagi gap-so‘zlar asossizligi, Bosh davlat sanitariya inspektori sarimsoq piyoz ham antibakterial, ham antivirus preparat emasligini bildirilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Dunyodagi eng tez superkar konsepsiyasi ishlab chiqildi (video)
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
Instagram yangi turdagi «Stories» va boshqa funksiyalarni joriy qildi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)