Qiymati 462 million so‘mlik tamaki va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy alanmasiga chek qo‘yildi

1 daqiqa o'qish1.9K
Qiymati 462 million so‘mlik tamaki va biologik faol qo‘shimchalarning noqonuniy alanmasiga chek qo‘yildi
Davlatimiz tomonidan tadbirkorlarga erkinlik va qulay shart-sharoitlar yaratib berilishiga qaramay, noqonuniy yo‘llar bilan daromad topishni afzal bilayotgan ayrim fuqarolar hamon uchrab turibdi.

Mo‘may pul topishni o‘ziga kasb qilib olgan qonunbuzarlarning qing‘ir harakatlariga chek qo‘yish maqsadida bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Yaqinda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Farg‘ona-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan, fuqaro I.R. boshqaruvidagi “KIA BONGO III” rusumli yuk avtoulovi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada hech qanday hujjatlari bo‘lmagan turli nomdagi 160 million so‘mlik 14 000 quti tamaki mahsulotlari hamda 130 million so‘mlik 694 dona parfyumeriya mahsulotlari borligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro X.I.ning Toshkent shahar Uchtepa tumanida joylashgan uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxs o‘z yashash uyida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, aksiz markalari bilan markalanmagan umumiy qiymati 58,6 million so‘mlik 2780 quti tamaki mahsulotlari, 109 million so‘mlik 1625 dona “Herbalife” nomli biologik faol qo‘shimchalar, 4,1 million so‘mlik tozalash vositalari va yondirgichlarni noqonuniy ravishda saqlayotganligi fosh bo‘ldi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qonunbuzarlardan 5 turdagi umumiy qiymati 461,6 million so‘mlik tovar moddiy boyliklar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?