13:25 / 06.08.2020
4 040

Ekologik toza mahsulot nima?

Ekologik toza mahsulot nima?
Ekologik toza mahsulotning ilmiy sinonimi organik mahsulot, deb ataladi.

Organik mahsulotlar deyilganda organik so‘zi “cheklangan” ma’nosini anglatib, qo‘shimcha mineral o‘g‘itlarsiz, zaharli ximikatlarsiz va boshqa texnogen ta’sirlarsiz mahsulot yetishtirish yoki tabiiy toza xomashyolardan olingan, zamonaviy texnologiyalar asosida yetishtirilgan mahsulotlardir.

Bugungi kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida organik-ekologik toza mahsulot yetishtirish va unga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda.Yevropa mamlakatlarida ekologik toza mahsulotlarga yillik talabning o‘sishi Germaniyada 5–15 foiz, Daniya, Shvetsiya va Shveysariya davlatlarida 30–40 foizga ortgan.

Ekologik toza mahsulot yetishtiriladigan yerlarda avvalo 3 yil davomida tozalash tadbirlari o‘tkazilishi talab etiladi. Shundan so‘nggina yer tekshirilib, organik-ekologik toza mahsulot yetishtirish uchun sertifikat beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologik toza mahsulot nima?