2 239
Bojxonachilar 663 mln. so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalarining sotilishiga chek qo‘yishdi
Koronavirus pandemiyasi davom etayotgan shu kunlarda aholining ayrim dori-darmonlarga nisbatan ehtiyoji ortib bormoqda.
Mazkur vaziyatdan mo‘may daromad orttirib qolishga urinayotgan ayrim shaxslar esa sifati kafolatlanmagan dori vositalarini yashirin ravishda pullash orqali yurtdoshlarimiz salomatligini jiddiy xavf ostiga qo‘yishi mumkin.
Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida ana shunday urinishlardan biri bartaraf etildi.
Poytaxtimizning Shayxontohur tumani hududida o‘tkazilgan mazkur tezkor tadbirda fuqarolar B.M. hamda V.A. 5 dona qog‘oz qutilarda sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, chet elda ishlab chiqarilgan 2000 quti dori vositalarini sotishga urinayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Shuningdek, fuqaro V.A. boshqaruvidagi “Kaptiva” rusumli avtotransport vositasi ham belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtoulov salonida ham 600 quti dori vositalari borligi aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 663 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Chempionlar ligasi 1/2 final. “Borussiya D” o‘z maydonida “PSJ”ni kichik hisobda mag‘lub etdi
Netanyahu HAMASga qarshi operatsiyani yakunlashdan bosh tortdi
«Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezdlar harakatlanadi
Rossiyaning yettita viloyatiga dronlar hujum qildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
Saudiya Arabistoni energetika vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi