14:10 / 27.08.2020
1 546

Akademik prognozi: kuzda koronavirus pandemiyasi qanday kechadi?

Akademik prognozi: kuzda koronavirus pandemiyasi qanday kechadi?
Rossiya FA akademigi, MDU Immunologiya va molekular biomeditsina markazi direktori Mixail Palsev «Stopkoronavirus.ru» telegram-kanaliga bergan intervyusida kuzda koronavirusning ikkinchi to‘lqini yuz berish-bermasligi ehtimoliga to‘xtaldi.

«Virus buyog‘iga qanday rivojlanadi — hozircha aniq javob yo‘q. Biroq, shunga ishonchim komilki, ikkinchi to‘lqin albatta bo‘ladi. Va og‘irroq kechishiyam haqiqatga yaqin, chunki uzoq karantinda o‘tirib, odamlarning immuniteti susayib ketdi. Yana bir tomondan, koronavirusga bardoshli odamlar ham anchagina, virus yuqsa ham kasal bo‘lmaydi», — dedi Palsev.

Akademik barcha virusli pandemiyalar uch to‘lqinda sodir bo‘lganini eslab o‘tdi. Pandemiya bosqichdan bosqichga susayib borgan, chunki virusga qarshi jamoaviy immunitet shakllangan. Olimning ta’kidlashicha, qachonki sayyoramiz aholisining 95 foizi virus bilan kasallanib ulgursagina, virus yo‘q bo‘lib ketadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)