Foto: Shutterstock
Tashqi ishlar vazirligi mas’ul xodimi Zikrillo Nazirov O‘zbekistonga chet el fuqarolarining kelishiga oid statistik raqamlarni keltirib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019 yilda O‘zbekistonda 6 million 748 ming chet el fuqarosi tashrif buyurgan. Bu 2018 yilga solishtirganda 26 foizga ko‘pni tashkil qiladi.
«[2019 yilda] mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun 10 305 nafar chet el fuqarosiga litsenziya berildi. 5 130 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning nikohi qayd etildi.
Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan 2019 yilda 1 mln 615 ming nafar chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxatga qo‘yilgan.
Chet el fuqarolarining qonun yoki qonunosti hujjatlarini buzishga bo‘lgan statistikasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2018 yilda 7746 nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonda bo‘lish qoidasini buzgan bo‘lsa, 2019 yilda esa 7762 nafarni tashkil etdi. 2020 yilning dastlabki 6 oyida bu ko‘rsatkich 1008 nafar bo‘lib, qoida buzilish holatlari sezilarli kamaygan», – dedi Zikrillo Nazirovning 3 sentabr kungi matbuot anjumanida. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»