Foto: Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti
Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida «Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi maxsus stipendiya hamda ko‘krak nishoni joriy etilishi yuzasidan O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyrug‘i imzolandi.
Ushbu maxsus stipendiya bilan Z.M.Boburning hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish va targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, adabiyot va kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yo‘nalishida alohida faollik ko‘rsatayotgan va konferensiyalarda (tanlovlarda) qatnashgan, mualliflik asosida nashr etilgan ishlari (asarlari) mavjudligi mezonlarga asosan har yili 20 mayga qadar institutda tahsil olayotgan 1-3 bosqich kursantlari rag‘batlantiriladi.
«Zahiriddin Muhammad Bobur» nomidagi ko‘krak nishoni nikel hamda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, sakkiz qirrali tilla rangli yulduz shakliga egadir.
Ko‘krak nishonining markazida havo rang emal bilan qoplangan, orqa tomonidan quyosh nurlari taralayotgan fonda Zahiriddin Muhammad Boburning sarkardalik mahorati va saltanat sohibi ekanligini anglatuvchi suvoriy qiyofasidagi oltin rangda bo‘lgan sur’ati joylashgan bo‘lsa, uning yuqori qismida ikki tomonidan qabariq sakkiz qirrali yulduz bilan ajratilgan qabariq harflarda «BOBUR» degan yozuv mavjud.
Ko‘krak nishonining orqa tomonida esa Davlat gerbi tasvirlangan. Uning qadag‘ichidagi qizil, moviy, sariq ranglardagi shoyi lenta ham o‘z ma’nosiga ega bo‘lib, u Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat bayrog‘ining ranglarini tasvirlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi