Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 320 000 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish2.3K
Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasidan 320 000 000 so‘m pullarni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi
Samarqand viloyati Jomboy tuman IIBga 1992 yilda tug‘ilgan A. ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

U 2020 yil 17 sentabr kunidan 18 sentabr kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs Jomboy tumanida joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi ofisining ikkinchi qavati eshigining ochiqligidan foydalanib, u yerga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, xonada bo‘lgan temir seyfni kalit tanlash yo‘li bilan ochib, seyf ichida bo‘lgan 320 000 000 so‘m pullarini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Jomboy tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur o‘g‘rilik jinoyatini Urgut tumani Chumchuqli MFYda yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan J. va Urgut tumani Terak MFYda yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan X. sodir etganligi aniqlanib, ulardan 84 500 000 so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jomboy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?