
2030 yilgacha aholi bandligini ta’minlashning milliy strategiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.
O‘zbekistonda aholi bandligini ta’minlash milliy strategiyasi ishlab chiqiladi. Bu haqda 2020-2021 yillarda iqtisodiyotda tarkibiy islohotlarni tiklash va davom ettirish yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da aytilgan.
Qayd etilishicha, bu borada tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Unda bandlik siyosatini rejalashtirishning uzoq muddatli siyosatini shakllantirish nazarda tutiladi.
Bajarish muddati - 2020 yil dekabr, ijro uchun mas’ullar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar