date
views 2 119

Zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirilishi fosh bo‘ldi

Zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirilishi fosh bo‘ldi
Zargarlik buyumlarini yurtimizga yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys orqali yuborilgan kur’erlik jo‘natmalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Ko‘rik davomida, tegishli hujjatlarda ko‘rsatilmagan, umumiy qiymati 100 million so‘mlik og‘irligi 25 kg bo‘lgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirilishi fosh bo‘ldi