21:25 / 28.09.2020
2 026

Salkam 1 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy savdosi fosh etildi

Salkam 1 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy savdosi fosh etildi
Bojxona organlari xodimlari tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi muntazam ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Ammo achinarlisi shundaki, noqonuniy daromad ilinjida bo‘lgan fuqarolar hamon uchrab turibdi.

Yaqinda, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi bojxona qonunbuzilishi holatiga chek qo‘yildi.

Fuqaro A.O. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 533,4 million so‘mlik 1046 dona uyali aloqa vositalari,160 dona dazmol, 48 dona changyutgich, 26 dona kabob pishiruvchi moslamalar, 12 dona blender kabi maishiy texnika tovarlari borligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, fuqaro R.Sh. ning “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, uning yukxonasidan xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 12 950 000 so‘mlik, 15 xil turdagi jami 37 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng fuqaro R.Sh.ning vaqtinchalik yashash manzili ko‘zdan kechirilganida, xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan va hech qanday xujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 448 million so‘mlik 5 xil turdagi jami 1120 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, umumiy qiymati 994 350 000 so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Salkam 1 milliard so‘mlik tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy savdosi fosh etildi