18:33 / 02.10.2020
2 248

Soliq qarzdorligini to‘lamagan jamiyat ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin

Soliq qarzdorligini to‘lamagan jamiyat ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin
Majburiy ijro byurosi Sherobod tuman bo‘limi ish yurituviga Sherobod tumanlararo iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan qarzdor “SHEROBOD AGROSERVIS MTP” MCHJdan tuman davlat soliq inspeksiyasi foydasiga jami 288 million 721 ming so‘m soliq qarzi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borilib, qarzdor korxonaga ixtiyoriy muddat berilgan holda ogohlantirilgan.

Tegishli tartibda ogohlantirilishiga qaramasdan qarzdor jamiyat tomonidan soliq qarzdorligi to‘lanmaganligi sababli qarzdorga tegishli “Dominator-130” rusumli 2 ta g‘alla o‘rish kombayini borligi aniqlanib, bo‘lim tomonidan xatlovga olingan.

Xatlovga olingan 2 ta g‘alla o‘rish kombaynlari tegishli tartibda baholanib, realizatsiya qilish uchun “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasi orqali savdoga chiqarildi. Bo‘lib o‘tgan onlayn auksion savdolari natijalariga ko‘ra, g‘alla o‘rish kombaynlarining har biri 92 million 477 ming so‘mdan, jami 184 million 954 ming so‘mga sotildi.

Ushbu mol-mulklarning sotuvidan tushgan pul mablag‘lari soliq qarzdorligiga yo‘naltirildi va qolgan qarzdorlikni so‘ndirish maqsadida jamiyatning ko‘chmas mulki xatlovga olinib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Qarzdor jamiyat qolgan qarzdorligini yaqin kunlarda to‘lab bermasa ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin.
Soliq qarzdorliklarini undirish borasidagi tadbirlar viloyat bo‘ylab davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Soliq qarzdorligini to‘lamagan jamiyat ko‘chmas mulkidan ham ayrilishi mumkin