Wildberries platformasida endi savdolashish imkoniyati paydo boʻldi

Wildberries marketpleysi oʻzining xususiy savdolar servisi boʻlgan WB Resale doirasida tovarlar uchun oʻz narxini taklif qilish funksiyasini ishga tushirdi. Ushbu yangi imkoniyat hozirda mobil ilovaning bir qism foydalanuvchilari uchun ochiq va bosqichma-bosqich barcha mijozlarga taqdim etiladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Eʼlonlar kartochkasida maxsus “Narx taklif qilish” tugmasi paydo boʻldi. Xaridor sotuvchiga oʻziga maʼqul narxni yuborishi mumkin, sotuvchi esa oʻz navbatida mahsulot qiymatini oʻzgartirishi yoki soʻrovni javobsiz qoldirishi mumkin.
Agar sotuvchi narxni tushirishga rozi boʻlsa, avvalroq chegirma soʻragan barcha foydalanuvchilarga bildirishnoma yuboriladi va ular xaridni birinchilardan boʻlib rasmiylashtirish imkoniga ega boʻladilar. Bir foydalanuvchi bitta eʼlon uchun faqat bir marta taklif yubora oladi, biroq narx oʻzgargandan soʻng qaytadan yangi summa taklif qilish imkoniyati ochiladi.
Wildberries va Russ birlashgan kompaniyasi matbuot xizmatining taʼkidlashicha, bu kabi mexanizm bozorda birinchi marta joriy etilmoqda. Yangi funksiya sotuvchi va xaridor oʻrtasidagi muloqotni shaffoflashtirish, ortiqcha savollarni kamaytirish va kelishuvlarni tezlashtirishga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!