17:50 / 13.10.2020
2 795

Shavkat Mirziyoyev Sardoba fojiasidan jabrlanganlar uchun qurilgan uylarni borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Sardoba fojiasidan jabrlanganlar uchun qurilgan uylarni borib ko‘rdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Sardoba suv ombori to‘g‘oni yorilganidan buyon o‘tgan davrda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida 13 oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi oqibatida 2 ming 211 ta xonadon yaroqsiz va 2 ming 499 tasi ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi. Shu maqsadda uchta hudud tanlanib, 50 gektar maydonda 86 ta 5 qavatli uy-joy barpo etildi. Xususan, Sardoba tumani «Do‘stlik» mahallasida 37 ta, Mirzaobod tumani «Haqiqat» mahallasida 40 ta hamda «Navbahor» mahallasida 9 ta uy-joy qurildi. Umumiy hisobda 2 640 xonadon foydalanishga topshirildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident bunyodkorlik ishlari bilan tanishish maqsadida dastlab Mirzaobod tumanidagi «Yangi O‘zbekiston» deb qayta nomlangan «Haqiqat» mahallasiga tashrif buyurdi.

«‘Yangi O‘zbekiston’ deyilganida ham ma’no bor. Agar xalqimizga ma’qul bo‘lsa, bunday uylarni boshqa hududlarda, aholi zich shaharlarda ham quramiz. Har bir mavze yonida ish o‘rinlari ham tashkil etamiz. Umuman olganda, qurish va yashash madaniyatimiz o‘zgarishi kerak», — deb qayd etgan Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, yangi mavzeda mahalla guzari, do‘kon, kutubxona, bolalar maydonchalari barpo etilgan. Uylarga xizmat ko‘rsatuvchi servis kompaniyasi tashkil qilingan. Turar joylarni ekspluatatsiya qilish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.











arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Sardoba fojiasidan jabrlanganlar uchun qurilgan uylarni borib ko‘rdi