Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarbdor tumanlararo sudining 16.07.2020 yildagi ijro hujjatiga ko‘ra, qarzdor D.Hakimov hisobidan undiruvchi B.Qodirov foydasiga 19 mln. so‘m avtomashina puli, 760 ming so‘m davlat boji va 15 ming 610 so‘m pochta harajatlari undirish belgilangan bo‘lib, mazkur ijro hujjati Byuroning Jizzax viloyati Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan hamda ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorning mulkiy holatini aniqlash maqsadida vakolatli organlarga so‘rovnomalar yuborilgan bo‘lib, olingan javob xatlariga ko‘ra unga tegishli “Nexia-2” rusumli avtotranasport vositasi mavjudligi aniqlangan hamda davlat ijrochisi tomonidan qarzdorlik evaziga xatlovga olingan.
Shundan so‘ng, qarzdor D.Hakimov tomonidan 21.10.2020 yilda undiruvchi B.Qodirovga ijro hujjatida ko‘rsatilgan summa naqd pul hisobida to‘liq to‘lab berilishi ta’minlangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti