14:05 / 11.11.2020
1 431

O‘zbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy hamkorlik ruhini tikladi — xitoylik ekspert

O‘zbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy hamkorlik ruhini tikladi — xitoylik ekspert
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitidagi nutqida epidemiyalar xavfiga qarshi kurashish, savdo-sotiqdagi to‘siqlarni bartaraf etish, o‘zaro investitsiyalar va sanoat kooperatsiyasini rag‘batlantirish, qashshoqlikni kamaytirish, Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish, barqaror ekologik rivojlanishni ta’minlash kabi dolzarb masalalarni ko‘tardi.

Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti (Xitoy) ilmiy xodimi Su Channing so‘zlariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan amaliy tashabbuslar pandemiya sharoitida iqtisodiyotni tiklash, savdo-iqtisodiy aloqalarni jonlantirish, sanoat kooperatsiyasi va qashshoqlikni kamaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun juda muhimdir, deb yozadi «Dunyo» AA.

— Ushbu takliflar nafaqat pragmatik ruhga ega, balki o‘zida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasini ham aks ettiradi, — dedi xitoylik ekspert. — Mamlakat pandemiya sharoitida iqtisodiy hamkorlik ruhini tikladi.

Markaziy Osiyoning yetakchi davlatlaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston SHHTni rivojlantirishda muhim rol o‘ynamoqda va uning XXR bilan ushbu tashkilot doirasidagi hamkorligi mintaqada tinchlikni saqlash va barqarorlikni ta’minlashga katta ta’sir ko‘rsatmoqda.

SHHT hududida qashshoqlikni kamaytirish sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish taklifi odamlar turmush darajasini qo‘llab-quvvatlash masalasiga berilgan ahamiyatni aks ettiradi. Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston rahbariyati zarur choralarni ko‘rmoqda, keng ko‘lamli sa’y-harakatlar va muhim mablag‘larni yo‘naltirmoqda, qashshoqlikka qarshi kurashish uchun zarur institutlarni yaratmoqda.

XXR va O‘zbekistonda qashshoqlikni yengish muammosi strategik vazifa sifatida belgilangan. Ikki mamlakat XXRning ilg‘or tajribasini o‘rganish va joriy etish asosida qashshoqlikni kamaytirish masalalari bo‘yicha samarali muloqot olib bormoqda.

O‘zbekiston doimo Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, qayta tiklanish jarayoniga ko‘maklashishda muhim rol o‘ynagan. Ushbu yo‘nalishda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yangi pragmatik siyosati alohida ahamiyatga ega. Unga ko‘ra Markaziy Osiyo, jumladan, Afg‘onistonda barqarorlik, barqaror rivojlanish va yaxshi qo‘shnichilik zonasini yaratish mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan.

Ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, shu jumladan yo‘l infratuzilmasini qurish, elektr energiyasi bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda loyihalarni amalga oshirishdagi faol ishtirok O‘zbekistonning Afg‘oniston muammosini hal qilishdagi muhim hissasining bir qismidir.

Men O‘zbekiston Prezidentining Afg‘onistonni mintaqadagi loyihalarga yanada ko‘proq jalb qilish bo‘yicha tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Bu jabrdiyda afg‘on zaminida vaziyatni tezroq tartibga solish va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmasini tiklashga yordam beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston pandemiya sharoitida iqtisodiy hamkorlik ruhini tikladi — xitoylik ekspert