09:00 / 16.11.2020
2 622

Shavkat Mirziyoyev: «Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozilgan»

Shavkat Mirziyoyev: «Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozilgan»
Prezidentga xat yozayotgan qashqadaryoliklarning aksariyati Shavkat Mirziyoyevdan ko‘priklar qurib berishni so‘ragan. Bu haqda davlat rahbari 13 noyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Ma’lum bo‘lishicha, viloyatdagi 21 600 kilometr avtomobil yo‘lining 8 700 kilometri bugungi kunda yaroqsiz holga kelgan. Hududdagi 1,5 mingta ko‘prikning 86 tasi esa umuman foydalanib bo‘lmaydigan holatda.

«Qishloqda yashayotgan odamlar rozimi? Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozishgan», — deb ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga murojaat qilarkan.

Qayd etish joiz, ko‘priklar — Qashqadaryo tumanlaridagi dolzarb muammolardan. Deyarli har yili viloyatning chekka va uzoq qishloqlari aholisi ishdan chiqqan, nobop va qo‘lbola ko‘priklardan aziyat chekayotgani haqida maqolalar beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: «Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozilgan»