15:58 / 23.11.2020
2 378

Jizzaxda qiyin vaziyatda qolganlarga yordam berildi

Jizzaxda qiyin vaziyatda qolganlarga yordam berildi
Foto: FVV
Noqulay ob-havo, qor, yo‘llardagi muzlama haydovchilarga noqulaylik tug‘dirmoqda, deyiladi FVV xabarida.

FVV Jizzax viloyati boshqarmasi qutqaruchilari tomonidan Do‘stlik, Baxmal tumanlari va Jizzax shahrida qorga tiqilib qolgan avtomobillar chiqarib olinib, 14 nafar haydovchi va yo‘lovchilarga tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.

«Yo‘llar muzlash oqibatida sirpanchiqlar yuzaga kelishi, tuman tushishi va ko‘rinish darajasining yomonlashuvi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Shu munosabat bilan haydovchi va yo‘lovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda qiyin vaziyatda qolganlarga yordam berildi