
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga binoan, shu yilning 1 dekabridan O‘zbekistonda kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga ruxsat beriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilishicha, bundan ko‘zlangan maqsad – elektron sportni rivojlantirish.
Kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:
Kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatida quyidagi sanitariya-epidemiologik qoidalarga qat’iy rioya qilinishi belgilab qo‘yildi:
- fuqarolarni alohida, bir-biridan ajratilgan holda, stollar oralig‘ida ijtimoiy masofani ta’minlagan holda joylashtirish;
- xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi, ijtimoiy masofani saqlashi;
- har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 S va undan yuqori bo‘lgan, infeksiya alomatlari mavjud holatda hamda tibbiy niqobda bo‘lmagan hollarda ob’ektga kiritmaslik choralarini ko‘rish;
- har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

OTMlarda an’anaviy ta’limga ruxsat beriladi

1 sentabrdan O‘zbekiston fuqarolarining Qirg‘izistonga kirishiga ruxsat beriladi

Qanday holatda odam vujudida tibbiy tadqiqot o‘tkazishga ruxsat beriladi?

Kompyuter tomografiyasi salomatlik uchun xavfli bo‘lishi mumkin

«Odamlar koronavirus yuqib qolsa ham vahima qilmasin. Oddiy shamollashdek o‘tib ketadi» — shifokor

Fikrga nisbatan fikr bildirishdagi adl