DXX Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urgut tumanida giyohvand moddalar savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida fuqarolar R.S. va N.Sh. kontrabanda yo‘li bilan respublika hududiga olib kelingan 820 gramm «opiy» giyohvand moddasini 120 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, ularning sherigi, ya’ni giyohvand moddalar sotishda xaridor topish bilan shug‘ullangan M.J. ham qo‘lga olingan.
Bundan tashqari, Tayloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Urgut tumanida istiqomat qiluvchi B.F. 481 gramm opiy moddasini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Muqaddam aynan giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan mazkur fuqaro o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni ham aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi