11:30 / 30.11.2020
2 297

Bir grammi 146 ming so‘mdan 20 dollargacha: Urgutda opiy sotayotganlar ushlandi

Bir grammi 146 ming so‘mdan 20 dollargacha: Urgutda opiy sotayotganlar ushlandi
DXX Samarqand viloyati boshqarmasi viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda Urgut tumanida giyohvand moddalar savdosiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tadbir davomida fuqarolar R.S. va N.Sh. kontrabanda yo‘li bilan respublika hududiga olib kelingan 820 gramm «opiy» giyohvand moddasini 120 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, ularning sherigi, ya’ni giyohvand moddalar sotishda xaridor topish bilan shug‘ullangan M.J. ham qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, Tayloq tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Urgut tumanida istiqomat qiluvchi B.F. 481 gramm opiy moddasini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ushlangan. Muqaddam aynan giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan mazkur fuqaro o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni ham aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bir grammi 146 ming so‘mdan 20 dollargacha: Urgutda opiy sotayotganlar ushlandi