17:34 / 30.11.2020
3 654

Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi

Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi
O‘zbekiston Oliy sudida 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan konferensiyada Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva sudyalarning jinoiy unsurlar bilan kirishib ketish holatlari uchrab turganini aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Daryo» muxbiri Musulmonbek Ibrohimov.

Umida To‘xtashevaning ma’lum qilishicha, agentlik tomonidan sud tizimida sodir etilayotgan korrupsion xatti-harakatlar tahlil qilinganida, sudyalarning jinoiy unsurlar bilan kirishib ketishi, boshqacha qilib aytganda, manfaatlar to‘qnashuvi holatlari mavjudligi aniqlangan.

«Masalan, 2020 yil may oyida Toshkent viloyati shaharlaridan birining sudyalari L.N va R.O. karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan holda, jinoiy unsurlar vakili, bir necha marta sudlangan D.N.ning tug‘ilgan kunini nishonlash uchun kafeda 100 nafardan ortiq shaxs ishtirokida tashkil etilgan ziyofatga borgan. E’tiborlisi – sudyalar D.N.ning o‘sha vaqtda navbatdagi jinoyati uchun ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotganligidan xabardor bo‘lgan. Achinarlisi, mazkur sudya mahkum D.N.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni ozodlikka chiqargan», – dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari.

Aytilishicha, agentlik tashkil etilganidan buyon fuqarolardan yo‘llagan murojaatlarning eng ko‘p qismi, ya’ni 20 foizi sud qarorlari yuzasidan kelib tushgan.

«Umuman, bu raqam va misollardan ham ko‘rinib turibdiki, hali bu boradagi sa’y-harakatlarimiz yetarlicha emas va bunda faqatgina Oliy sud yoki Sudyalar oliy kengashi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi emas, balki boshqa davlat va jamoat tashkilotlari, shu jumladan, parlamentimiz, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ishlashimizga to‘g‘ri keladi», – dedi Umida To‘xtasheva.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida uy qamog‘idagi shaxsning ziyofatida qatnashgan sudya ko‘p o‘tmay uni ozodlikka chiqardi