19:43 / 18.12.2020
1 566

Koronavirus bilan kasallangan bemor buyragida qanday o‘zgarish yuz beradi?

Koronavirus bilan kasallangan bemor buyragida qanday o‘zgarish yuz beradi?
Foto: Woman’s day
Nafaqat COVID-19, balki istalgan virus va bakterial kasalliklar, shuningdek, streptokokk angina ham buyraklarda yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqarishi mumkin. Mutaxassislarning aniqlashicha, koronavirus og‘ir kechganda buyraklar yallig‘lanib, ularning faoliyatida muammo kuzatilishi mumkin. Bu eng avvalo intoksikatsiya, gipoksiya va gemostaz bilan bog‘liq.

Agar bemorda buyrak patologiyasi mavjud bo‘ladigan bo‘lsa, koronavirus infeksiyasi asosiy kasallikning asoratini keltirib chiqarishi mumkin. Tekshirish jarayonida bemorda buyrak kasalliklari xavfi qanchalik yuqori ekani ma’lum bo‘ladi.

Buyrak kasalligi rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlar uyda profilaktika maqsadida maxsus terapiya qabul qilishi mumkin:
Tromblar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan dori vositalari;
Buyrak faoliyatini tiklanishiga yordam beradigan vositalar;
Qon-tomirlardagi qon sirkulyatsiyasini me’yorlashtiradigan preparatlar.

Koronavirus bilan kasallanganlarga turli asoratlar kelib chiqmasligi uchun salomatlikka beye’tibor bo‘lmaslik kerak. Ushbu virusning yangi turi immun tizimiga salbiy ta’sir qilib, boshqa infeksion kasalliklar kuzatilishi ehtimoli yuqori bo‘ladi.

Surunkali buyrak kasalligining zo‘riqishini oldini olish uchun:
Ortiqcha zo‘riqishlardan qochish;
Ortiqcha charchash va stressdan qochish;
Rejimga amal qilmaslik;
To‘g‘ri ovqatlanish va suv ichishni kanda qilmaslik.

Tashxis qo‘yish
Aksari hollarda siydik tizimi kasalliklari simptomsiz kechadi. Shu sababdan ham kasallik rivojlanishi ehtimoli borligidan darak beradigan alomatlarga e’tibor qaratish kerak.
Yuz shishishi;
Bel sohasida og‘riq;
Harorat ko‘tarilishi;
Peshob rangining o‘zgarishi.

Ushbu belgilar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak. Umumiy qon tahlili, UZI tahlili orqali buyrakdagi kasalliklarni aniqlash mumkin.

Shuningdek, genetik moyillik ham buyrak kasalligini kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday kishi sog‘lom bo‘lgan taqdirda ham turli omillarga bog‘liq holda kasallik rivojlanish imkoni yuqori bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus bilan kasallangan bemor buyragida qanday o‘zgarish yuz beradi?