17:42 / 19.12.2020
1 813

Bojxonachilar 273,49 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Bojxonachilar 273,49 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda tezkor tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Ammo ushbu zahri qotilning yurtimizda oldi-sotdisi orqali noqonuniy daromad olish ilinjida bo‘lgan fuqarolar uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida, Mirzo Ulug‘bek tumanida fuqaro B.Sh.boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtoulov o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro M.D.ning egnidagi kurtkasi cho‘ntagida jami 11 dona o‘ramda bo‘lgan sof vazni 249.96 gramm bo‘lgan “Gashish” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mazkur avtoulovda yo‘lovchi sifatida o‘tirgan yana bir fuqaro N.M. 1 dona o‘ramda sof vazni 23.53 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasini o‘rindiq ostiga yashirganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida jami 273.49 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik vositasi qonunbuzarlardan ashyoviy dalil sifatida olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 273,49 gramm zahri qotilning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi