22:27 / 19.12.2020
2 399

Oyoq kiyimlari ichiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi

Oyoq kiyimlari ichiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi
Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining chegara postlari orqali noqonuniy aylanmasiga qarshi muntazam kurash olib borilishiga qaramay, mo‘may daromad ilinjida bo‘lgan huquqbuzarlar hamon uchrab turibdi.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ana shunday holatlarning bir nechtasi fosh qilindi. Jumladan, ushbu postga qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro A.X. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, uning yukxonasidagi qutilarda bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 24,8 million so‘mlik 90 dona sartaroshlik anjomlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda mazkur postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro K.U.ning qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, uning shaxsiy buyumlari orasida oyoq kiyimlari ichiga polietilen paketga o‘rab joylangan umumiy qiymati 11 million so‘mlik, og‘irligi 367 gramm bo‘lgan turli zargarlik buyumlari borligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oyoq kiyimlari ichiga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh bo‘ldi