21:38 / 22.12.2020
2 202

Fuqaroga 27,3 mln. so‘m ma’naviy zarar undirib berildi

Fuqaroga 27,3 mln. so‘m ma’naviy zarar undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo ulug‘bek tumanlararo sudining 14.09.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor M.Jurayevadan undiruvchi F.Nazirova foydasiga jami 27.338.633 so‘m ma’naviy zarar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosining Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga 16.10.2020 yil kuni kelib tushgan.

Mazkur ijro hujjati bo‘yicha bo‘lim davlat ijrochisi A.Xolxo‘jayev tomonidan 16.10.2020 yil kuni O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi taraflarga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilib, majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Bundan tashqari, qarzdorga tegishli mol-mulklarni aniqlash va ijro hujjati ijrosini taminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunining 87-moddasi talablariga muvofiq so‘rovnomalar yuborilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida qarzdor M.Jurayevadan ijro varaqada ko‘rastilgan jami 27.338.633 so‘m ma’naviy zarar pullari undiruvchi fuqaro foydasiga to‘liq undirilib, Qonunining 41-moddasiga asosan amalda tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga 27,3 mln. so‘m ma’naviy zarar undirib berildi