20:53 / 01.01.2021
2 634

Buxoroda «Minorai Kalon» xalqaro azon musobaqasi o‘tkaziladi

Buxoroda «Minorai Kalon» xalqaro azon musobaqasi o‘tkaziladi
Foto: azon.uz
Prezident farmoni loyihasiga ko‘ra, 2021 yildan boshlab har yili «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» tashkil etiladi.
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Farmonga ilova qilingan «Uzoq xorij va qo‘shni respublikalardan xorijiy ziyoratchi sayyohlarni qabul qilish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ga muvofiq, O‘zbekiston hududida ziyorat turizmiga oid madaniy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xususan, ziyoratgohlar, ulamolar va ularning ilmiy merosi haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlarni shakllantirish hamda ziyorat turizmi salohiyatini to‘liq o‘rganish va ma’lumotlarni tizimlashtirish maqsadida quyidagi xalqaro tadbirlarni tashkil qilish choralari ko‘riladi:
  • Termizdagi Imom at-Termiziy majmuasida «Shamoili Muhammadiya» xalqaro siyrat musobaqasi;
  • Xorijiy diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalarining Buxoro madrasalariga tanishuv darslarini uyushtirish;
  • Buxoro shahrida «Islom kalligrafiyasi va naqqoshlik» tanlovi o‘tkaziladi va uning yakuni bo‘yicha «Islom kalligrafiya galereyasi» va «Minorai Kalon» xalqaro azon musobaqasi;
  • «Ipak yo‘li ruhiyati» xalqaro ilmiy-ma’rifiy konferensiyasi; Samarqand shahrida «Imom Buxoriy» nomidagi xalqaro hadisshunoslik va «Sahihul Buxoriy» eng qadimiy va nodir qo‘lyozma nusxalarining jahon kutubxonalarida saqlanish tarixi» anjumanlari;
  • Toshkent shahrida «Imom Moturidiy ilmiy merosining zamonaviy tadqiqotlari» anjumani;
  • Qarshi shahrida «Abu Muin Nasafiy» Markaziy Osiyo ulamolari anjumani;
  • Termiz shahrida «Termiziy ulamolarning islom tamadduni va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi» mavzusida anjumani.

Shuningdek, 2021 yildan boshlab har yili «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» va uning doirasida «Tasavvuf ohanglari» festivali, «Mir Arab madrasasi bitiruvchilari» forumi, «Sipo liboslar ko‘rgazmasi» (Modest fashion show) yosh dizaynerlar festivali tashkil etish va o‘tkazish belgilanmoqda.

Ushbu tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hujjat loyihasi 2021 yil mart oyida ishlab chiqilishi belgilangan. Ishlab chiqish va amalga oshirish uchun – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Musulmonlar idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Buxoro viloyati hokimligi, Badiiy akademiya, Fanlar akademiyasi va Tashqi ishlar vazirligi mas’ul qilib belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda «Minorai Kalon» xalqaro azon musobaqasi o‘tkaziladi