08:00 / 06.02.2021
1 092

«Yevropaga jo‘natamiz» — bu gapga ishonganlar o‘zga yurtlarda abgor holda qolib ketdi

«Yevropaga jo‘natamiz» — bu gapga ishonganlar o‘zga yurtlarda abgor holda qolib ketdi
Illyustrativ foto
Toshkent shahrida 14 nafar fuqaroni chet davlatlarga ishga yuborib, ularni turli qiyinchiliklarga duchor qilgan shaxslar faoliyati fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan fuqaro Q.M. va boshqalarning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro M.A. va S.S.lar oldindan til biriktirib, Q.M. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni Yevropa davlatlariga oyiga 2000-3000 AQSh dollari to‘lanadigan ishga yuborish hamda ishchi vizalarini olib berish evaziga jami 5 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan.

Bundan tashqari, S.S. va boshqalar jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2019 yilning noyabr oyida 14 nafar fuqaroni Ukraina Davlatining Kiyev shahrida oyiga 500 AQSh dollari oylik to‘lanadigan qurilish ishlarida ishlab, keyin Yevropa davlatlariga ishga o‘tkazib berishga ko‘ndirishadi.

Shu yo‘l bilan ularning ishonchini suiiste’mol qilib, Kiyevga yetib borishi uchun 2019 yilning 29 noyabrida aviachipta ham olishadi. Ammo, Kiyevdagi qurilish firmasida ularning pasportini olib qo‘yib, 75 kun davomida moddiy jihatdan o‘ziga qaram qilgan holda og‘ir mehnat sharoitlarida ishlatib, 17 500 AQSh dollari miqdoridagi ish haqlarini bermasdan aldab ketishadi.

Shundan so‘ng ushbu fuqarolarni Belorussiya davlatining Gomel shahriga va Rossiya Federatsiyasining Moskva shahriga olib borishib, go‘yoki shu yerdan Yevropaga ishchi vizasini olib berishi haqida takror aldashib, ularning mazkur davlatlarda ishsiz yurib, turli qiyinchiliklarga duchor bo‘lishiga sababchi bo‘lishib, fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga zarar yetkazishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqarolar M.A., S.S. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 135-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Yevropaga jo‘natamiz» — bu gapga ishonganlar o‘zga yurtlarda abgor holda qolib ketdi