15:50 / 12.02.2021
860

Mirzacho‘lda 74 bosh ondatra terisini olib ketayotgan «ovchi» qo‘lga tushdi

Mirzacho‘lda 74 bosh ondatra terisini olib ketayotgan «ovchi» qo‘lga tushdi
Foto: Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hamda viloyat IIB YHXB xodimlari hamkorlikda Mirzacho‘l tumanida tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tadbir davomida tuman hududida harakatlanib ketayotgan fuqaro R.A. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganida, avtotransport vositasida boshqa bir fuqaroga tegishli, hujjatlari bo‘lmagan, 74 dona ondatra hayvonining mo‘ynali terisi hamda 1 dona baliq ovlash setkasi borligi aniqlandi.

Shuningdek, tekshiruv davomida ushbu avtotransport vositasining salonida fuqaro X.B.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan 1 dona «HERCULES» nomli pnevmotik sport miltig‘i borligi ham ma’lum bo‘ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » Mirzacho‘lda 74 bosh ondatra terisini olib ketayotgan «ovchi» qo‘lga tushdi