19:19 / 16.02.2021
1 345

220,2 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi naqd to‘landi

220,2 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi naqd to‘landi
Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan coliq qarzdorligini undirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, Xiva tumani bo‘limi ish yurituvida Xiva tumani DSI ning qaroriga asosan qarzdor “Raximbergan xoji Anbar” FX dan 220,2 mln. so‘m soliq qarzdorligi undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari kelib tushgan va ijro harakatlariga kirishilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, qarzdorlarning mulkiy holatini aniqlash uchun, O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga asosan tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborilib, qarzdor korxonaning barcha hisob raqamlariga band solingan.

Olib borilgan ijro harakatlari natijasida qarzdordan ijro hujjatida ko‘rsatilgan 220.2 mln. so‘m qarzdorlik naqt pul tartibida to‘liq undirilishi ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 220,2 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi naqd to‘landi