Foto: «Shutterstock/FOTODOM»
Buyuk Britaniya va Daniya olimlarining fikricha, yaqin kelajakda insoniyat fosfor yetishmovchiligiga duchor bo‘lishi mumkin. Bunga mineral o‘g‘itlardan oqilona foydalanmaslik natijasida ularning okeanlarga yuvilib ketishi sabab bo‘ladi.
O‘z navbatida fosfor yetishmasligi odamzodni ochlik balosiga giriftor qiladi. Negaki, mazkur element aksariyat o‘g‘itlarni ishlab chiqarishda ishlatiladi, ularsiz qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘smaydi, deb yozadi «Populyarnaya mexanika» jurnali.
So‘nggi 50 yil ichida fosfor o‘g‘itlari miqdori 50 baravar oshdi. Bunday vaziyatda ularga bo‘lgan talab 2050 yilga kelib ikki baravar ko‘payadi. Nazariy modellarga ko‘ra, zamonaviy iste’mol darajasida mavjud bo‘lgan fosfor 80 yil ichida yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, bu esa hosil yetishmasligiga olib keladi.
Konservativ hisob-kitoblarga qaraganda, bu 400 yil, pessimistik prognozlarga ko‘ra esa 40 yildan so‘ng sodir bo‘ladi. Olimlarning fikricha, fosfordan foydalanishni kamaytirish orqali fosfor inqirozining oldini olish mumkin. Shuningdek, qayta foydalanish usullari ham ishlab chiqilishi zarur. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin