17:56 / 23.02.2021
1 279

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi
Mamlakatimizda giyohvandlik vositalarini yetishtirish, tayyorlash, sotish va iste’mol qilish qonun bilan taqiqlanib, Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy jazo belgilangan.

Biroq, ayrim shaxslar tomnidan zahri qotillar savdosi bilan shug‘ullanish holatlari hamon uchramoqda. Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan xamkorlikda narkotik moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish bo‘yicha Denov tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida Denov tumanida fuqaro M.R. shartli xaridor sifatida jalb qilingan fuqaroga 5 dona gugurt qutilarga solingan “marixuana” giyohvandlik moddasini sotmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olindi. Ushbu “marixuana” giyohvandlik moddasi maxsus elektron tarozida o‘lchab ko‘rilganida umumiy og‘irligi 36,86 grammni tashkil etdi.

Shuningdek, yana bir tezkor tadbir davomida Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro X.A. oldindan nazoratga olindi. Ushbu shaxs to‘xtatilib, undan yonida taqiqlangan predmetlar bor yo‘qligi so‘ralganda, u ustki kiyimidan 1 dona gugurt qutisini olib yerga uloqtirdi. Ushbu 1 dona gugurt qutisi teshirilganida uning ichida 5,73 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi mavjudligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy “oldi-sotdisi”ga chek qo‘yildi