07:00 / 27.02.2021
1 742

O‘zbekistonda vaksinatsiya tadbirlari uchun 3 mingdan ziyod emlash punktlari tashkil etiladi

O‘zbekistonda vaksinatsiya tadbirlari uchun 3 mingdan ziyod emlash punktlari tashkil etiladi
21–27 fevral kunlari aholini emlash jarayoniga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha qayta va to‘liq tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Bu haqda innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayni paytda emlanishi zarur bo‘lgan shaxslarning elektron ro‘yxatini shakllantirish, 3 ming 138 ta emlash punkti, 862 ta harakatdagi va mobil brigada faoliyatini yo‘lga qo‘yish ishlari olib borilyapti. Bitta markaziy, o‘n to‘rtta hududiy hamda 206 ta tuman (shahar) vaksina saqlash joyi mavjud bo‘lib, ulardagi 457 ta sovitkich, 148 ta elektr generatori, 121 ta termosumka va termokonteynerlar shay holatga keltirildi.

«Bundan tashqari, aholini koronavirusga qarshi emlashga talab yuqori bo‘lgan taqdirda, hududlardagi sport inshootlari yoki boshqa binolar, hozir konservatsiya qilingan taqsimlash va saralash markazlarida vaksinatsiya tadbirlarini ommaviy tashkil etish rejalashtirilgan. «Sovuqlik zanjiri» tizimini saqlagan holda vaksinalarni hududlar orqali tashish uchun mamlakatimizga o‘n yettita avtorefrijerator va ikki yuz oltita mini-avtorefrijerator keltirildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa hududiy byurosi hamkorligida shu yilning 21–27 fevral kunlari aholini emlash jarayoniga jalb etiladigan tibbiyot xodimlari koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha qayta va to‘liq tayyorgarlikdan o‘tkaziladi
», deya ma’lum qilgan Shahlo Turdiqulova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda vaksinatsiya tadbirlari uchun 3 mingdan ziyod emlash punktlari tashkil etiladi