13:13 / 27.02.2021
1 885

PPX xodimlari bozordagi o‘g‘rini 20 daqiqada ushladi

PPX xodimlari bozordagi o‘g‘rini 20 daqiqada ushladi
Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Angren shahrida o‘tkazilayotgan «zarbdor oyligi» doirasida markaziy bozorda sodir etilgan o‘g‘irlik tezkorlik bilan fosh etildi.

Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Angren dehqon bozorida xizmat olib borayotgan 2-mintaqaviy markaz PPX xodimlariga bozorda savdo qiluvchi tadbirkor ayol murojaat qilgan. Noma’lum ayol do‘konidan bir nechta turdagi (ayollar buyumlarini) kosmetika vositalarini yashirincha olib, noma’lum tomonga ketib qolganini va unga nisbatan qonuniy chora qo‘rishni so‘ragan.

Shu vaqtning o‘zida PPX xodimlari tomonidan do‘kondagi kuzatuv kameralari o‘rganilgan va ko‘rilgan choralar natijasida gumonlangan ayol 20 daqiqada qo‘lga olingan.

Dastlab, u o‘zini Navoiy viloyatida yashovchi «Dilnavoz» deb tanishtirgan. surishtiruv davomida esa – Samarqand viloyatida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan Shoira E. ekanligi aniqlangan.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tegish chora ko‘rish uchun sohaviy xizmatlarga yo‘naltirilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » PPX xodimlari bozordagi o‘g‘rini 20 daqiqada ushladi