23:33 / 12.03.2021
2 654

O‘zini avtomobil yo‘li ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan 21 yoshli qiz qutqarildi

O‘zini avtomobil yo‘li ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan 21 yoshli qiz qutqarildi
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida 21 yoshli qiz o‘zini avtomobil yo‘li ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi, taxminan, soat 03:35 da Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlariga Shayxontohur tumani «Chaqar» mahallasi transport tunneli ustidagi ko‘prik ustunida noma’lum ayol hayotini xavf ostiga qo‘ymoqchiligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi profilaktika inspektori va Toshkent shahar IIBB patrul-post xizmati xodimlari zudlik bilan yetib borgan va ular tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida mudhish hodisaning oldini olishga erishilgan.

Qayd etilishicha, 21 yoshli S.X. xavfli joydan tuman IIO FMB 3-sonli ichki ishlar bo‘limiga yordam ko‘rsatish uchun yetkazildi va shifokor tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, unga psixologik yordam ko‘rsatildi.

Xodimlar qizning onasi bilan bog‘lanib, uni hodisa haqida xabardor qilgan. Hozirda qizning onasi u bilan birga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zini avtomobil yo‘li ustidagi ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgan 21 yoshli qiz qutqarildi