00:30 / 20.03.2021
2 519

Qashqadaryoda xotini bilan janjallashgan erkak uyini portlatib yubordi

Qashqadaryoda xotini bilan janjallashgan erkak uyini portlatib yubordi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida 2021 yil 6 mart kuni erkak xotiniga achchiq qilib, uyini portlatib yubordi. Bu haqda «Zamon» informatsion dasturida xabar qilindi.

Ma’lum qilinishicha, holat tumanning «Shirkent» mahallasida sodir bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan kuni R.R. ismli erkak turmush o‘rtog‘i X.N. bilan janjallashib qolgan. Shundan so‘ng ayol mahalla inspektoriga telefon qilib, eri oila a’zolarining hammasini o‘ldirish bilan tahdid qilganini aytib, yordam so‘ragan. Ushbu holat yuzasidan voqea joyiga mahalla kotibi va noziri yetib borganida erkak ularni ko‘rganida yanada jazavaga tushib, uy ichkarisiga kirib ketgan.

Shu payt ular ayol va qizini uydan olib chiqib ketgan. Erkakni tinchlantirish uchun uyga qaytib kirganida, gaz ballonini ochib, portlatib yuborgan.

Oqibatda mahalla kotibi va noziri tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan. Shuningdek, uyning oshxona va yotoqxona qismi qulab tushgan.
«Jahlim chiqib turgan edi. O‘zimni ko‘rsatmoqchi bo‘ldimmi, bilmayman. Qilgan ishimdan pushaymonman», — deydi erkak.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda xotini bilan janjallashgan erkak uyini portlatib yubordi