09:05 / 20.03.2021
2 360

Namanganda Navro‘z bayrami arafasida 5 tonna osh damlandi

Namanganda Navro‘z bayrami arafasida 5 tonna osh damlandi
Foto: «Daryo»
Namangandagi «Afsonalar vodiysi» bog‘ida Navro‘z bayrami arafasida 5 tonna osh damlandi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.

Bu jarayonda 12 nafar oshpaz ishtirok etdi. Osh uchun 1,5 tonna guruch, 1,8 tonna sabzi, 800 kilogramm go‘sht, 500 kilogramm o‘simlik yog‘i, 100 kilogramm mayiz va shuncha no‘xat, 10 kilogramm zira solingani aytilmoqda.

Foto: «Daryo»
Ehson oshi mahallalar, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar, «Saxovat» va «Mehribonlik» uylariga tarqatildi.

Foto: «Daryo»
Bugun, 19 mart kechki payt osh damlangan qozonga endi 6,2 tonnalik sumalak solishga hozirlik ko‘rilmoqda.

Foto: «Daryo»
Megasumalak masalliqlari ham chakana emas: 1,8 tonna bug‘doy ivitilgan, 3,4 tonna un, 600 kilogramm yog‘, 50 kilogramm zog‘ora un tayyorlab qo‘yilgan.

Foto: «Daryo»
Namanganlik 30 nafar tajribali ayol taom qozondan olinguncha bunga bosh-qosh bo‘ladi. Sumalak 21 mart — Navro‘z bayrami kuni tongda tayyor bo‘lishi va tarqatilishi ko‘zda tutilgan.

Foto: «Daryo»
Eslatib o‘tamiz, Namanganda 2019 yilgi Navro‘z bayramida ham salkam 7 tonnalik megasumalak tayyorlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda Navro‘z bayrami arafasida 5 tonna osh damlandi