16:33 / 22.03.2021
1 734

Farg‘onada «benzovoz» va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi (foto)

Farg‘onada «benzovoz» va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi (foto)
Foto: Telegram / «Exo Uzbekistana»
Farg‘ona shahridagi markaziy ko‘chalarning birida benzin tashuvchi mashina («benzovoz») hamda Cobalt ishtirokida avariya sodir bo‘ldi, deb xabar beradi Telegram’dagi «Exo Uzbekistana» kanali.

E’lon qilingan suratlardan ko‘rish mumkinki, «benzovoz» yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siq ustiga chiqib ketgan, Cobalt’ning old qismi esa pachoqlangan.

Foto: Telegram / «Exo Uzbekistana»

Foto: Telegram / «Exo Uzbekistana»
«Mediapark tomonidan kelinganida svetofor o‘chib-yonmaydi (taymeri yo‘q). Bu tarafdan keluvchilarning barchasi o‘tib ketish uchun ‘uchib’ keladi. Ohunboboyev mavzesi tomonda esa stop-chiziq deyarli halqa yo‘lining kesishmasida. Ozgina harakatlansang, halqa yo‘li bo‘ylab ‘uchib’ kelayotganlarning yo‘lini to‘sib qo‘yasan. Mavze tomondan kelayotganlarga taymer qizilga qancha vaqt qolganini ko‘rsatadi va haydovchilar sariq chiroq yonishi bilan harakatga tushadi (burchakdagi kollej binosi ham Mediapark tomondagi yo‘lning ko‘rinishini to‘sib turadi). Bu vaqtda esa Mediapark tomonidan kelayotganlar svetofor qachon yashildan sariqqa yonishini bilmaydi va sariq chiroq yonganida to‘xtamay o‘tib ketadi…

Avariyaga mazkur holat sabab bo‘lmagan bo‘lsa-da, bu ko‘plab avariyatli holatlarni yuzaga keltiradi
», — deb yozadi farg‘onalik haydovchilardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ohunboboyev mavzesi tomonidan harakatlanganda svetoforning qizil chirog‘i yonsa ham o‘ng tomonga burilishga ruxsat berilgan. «Superhaydovchilar» esa avvaliga mashinalarni o‘tkazib yuborib, keyin burilish o‘rniga asosiy yo‘lda ketayotgandek harakatlanadi.

«YTH xodimlari avariyaning asl sababini aniqlashiga va barcha mavjud imkoniyatlardan foydalanib, ushbu chorrahaning xavfsizroq bo‘lishini ta’minlashlariga umid qilamiz», — deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada «benzovoz» va Cobalt ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi (foto)