Surxondaryo viloyatida joylashgan «Ayritom» chegara bojxona maskanida 1 kilogramm «opiy» giyohvand moddasini ichiga yutib O‘zbekistonga olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonga kirib kelayotgan qo‘shni davlat fuqarosi S.A. «Ayritom» chegara bojxona postida inson tanasini skanerlovchi – «Body scan» qurilmasi orqali tekshiruvdan o‘tkazilgan. Uskuna uning ichki a’zolarida noma’lum jismlar borligini ko‘rsatgan.
Shundan so‘ng S.A. Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Surxondaryo viloyat filialiga olib borilgan. Tibbiy muolajalardan so‘ng qo‘shni davlat fuqarosining ichidan 46 dona silindrsimon yelim xaltacha chiqarib olingan.
Aniqlanishicha, yelim xaltachalarga jami 1 kilogramm «opiy» giyohvand moddasi joylashtirilgan. S.A. o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, 1 kilogramm «opiy»ni shu yo‘l bilan yashirincha O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin