Toshkentda qurol sotayotgan yigit qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish2.5K
Toshkentda qurol sotayotgan yigit qo‘lga olindi
Foto: Videolavhadan skrinshot
Toshkent shahar Yashnobod tumanida 23 yoshli yigit noqonuniy ravishda o‘qotar qurolni 2000 ming AQSH dollariga sotayotgan paytda qo‘lga olindi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qurolni yigitning R. ismli tanishi mashinadan topib olgan. Shundan so‘ng ular qurolni yashirish maqsadida U.ismli tanishining uyiga olib borgan. Surishtiruv natijasida ular qurolni uyning qozonxonasidagi pechkaga yashirgani aniqlangan.

Olib borilgan tezkor qidiruv davomida U.ning uyidan APS o‘qotar quroli olingan. Xolislar ishtirokida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ekspert-kriminalistika markazining xulosalariga ko‘ra, qurol o‘q otish uchun yaroqli deb topilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ma’lumot o‘rnida, ushbu moddaga binoan jinoyatchi 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?