Taksichi bilan janjaldan keyin bloger qamaldi: voqea ortida nima bor?

17 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida taksi haydovchisi va ayol yo'lovchi o'rtasidagi mojaro jiddiy tus oldi. Ayolning ikki tanishi — blogerlar voqea joyiga kelib, haydovchini haqorat qilgan va unga nisbatan kuch ishlatgan, natijada u tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Toshkentda taksi haydovchisi va yo‘lovchi o‘rtasida boshlangan mojaro jiddiy tus oldi. Voqeaga aralashgan bloger haydovchiga nisbatan kuch ishlatgani ortidan qamoqqa olindi.
Hodisa 17 avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan. Taksi haydovchisi va ayol yo‘lovchi o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Keyinchalik ayolning ikki tanishi — blogerlar ham voqea joyiga yetib kelgan. Ular haydovchi bilan janjallashib, uni haqorat qilgan va unga nisbatan kuch ishlatgan.
Mojarodan so‘ng taksi haydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Unda:
peshona va ensa sohalarida shishlar;
yelka va yonboshda jarohatlar;
ko‘krak va qorin sohalarida shilinishlar aniqlangan.
Voqeadan keyin blogerlar haydovchini yo‘lovchi ayolga nisbatan jinsiy tajovuzkorlikda ayblab, hodisa aks etgan videolarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.
Keyinroq ular videomurojaat qilib, jamoatchilikdan o‘zlarini oqlashda yordam so‘ragan. Biroq ushbu videolar keyinchalik sahifalaridan o‘chirilgan.Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, blogerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u qamoqqa olingan.































Izohlar 0
…