Qibraydagi shifoxonada bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb etildi

1 daqiqa o'qish4
Qibraydagi shifoxonada bemor bolalar devorlarni tozalashga jalb etildi

12 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazida ayrim bemor bolalar yo‘lak devorlarini tozalayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

Vazirlikning dastlabki o‘rganishlariga ko‘ra, 11 noyabr kuni soat 07:20 da bo‘lim xo‘jalik bekasi M.A. ishga kelib, yo‘lak devorlarida oyoq izlari qolganini aniqlagan. Shundan so‘ng, bu holatga sababchi bo‘lgan bolalar devorlarni tozalash ishlariga jalb etilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘rganishlari yakunlariga ko‘ra, holatga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, Respublika bolalar tibbiy reabilitatsiya markazi Qibray tumanida joylashgan bo‘lib, 200 o‘ringa mo‘ljallangan. Muassasada 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga asab tizimi, ortopedik, nafas yo‘llari hamda oshqozon-ichak kasalliklari bo‘yicha reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi.

Markazda bemor bolalar uchun kundalik parvarish va zarur tibbiy muolajalar amalga oshiriladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?